Integratsiya

amoCRM bilan AI operator: qo‘ng‘iroq natijasi CRM’ingizda

Sado — amoCRM bilan AI operator: mijozlaringiz bilan telefonda o‘zbek va rus tilida gaplashadi, suhbat natijasini esa amoCRM’ga yozadi. Suhbat matni, mijoz javoblari va band qilingan vaqt menejerlaringiz ishlaydigan joyda turadi. amoCRM’ni jamoamiz siz bilan birga ulaydi va tekshiradi.

amoCRM’ga nima tushadi

Operator gaplashgan qo‘ng‘iroqlar va ularning natijasi amoCRM’ga yoziladi.

Suhbat matni

Operator va mijoz nima deganini boshidan oxirigacha o‘qish mumkin.

Mijoz javoblari

Siz belgilagan savollarga javoblar: masalan, nima kerak, qachon, qaysi filialga.

Band qilingan vaqt

Qabul, uchrashuv yoki ko‘rish uchun kelishilgan kun va soat.

Portalda hammasi

Har bir qo‘ng‘iroqning yozuvi, matni, javoblari, band qilishlari va xarajati Sado portalida ham turadi.

Operator qo‘ng‘iroqlarda nima qiladi

Kiruvchi qo‘ng‘iroqlarga javob beradi

Taxminan bir soniyada, kechayu kunduz, navbatsiz. Bir vaqtda o‘ntadan ortiq suhbat.

Yangi lidlarga qo‘ng‘iroq qiladi

Saytdan, Instagram’dan yoki formadan kelgan arizaga darhol qo‘ng‘iroq qila oladi.

Saralaydi va band qiladi

Siz bergan savollarni so‘raydi, qabul yoki uchrashuvga yozib qo‘yadi.

Eslatadi va qayta qo‘ng‘iroq qiladi

Qabuldan bir kun oldin eslatadi, kelishilgan vaqtda qayta qo‘ng‘iroq qiladi.

amoCRM’ni jamoamiz siz bilan birga ulaydi

Ulashni Sado jamoasi o‘z zimmasiga oladi: amoCRM’ni ulaydi va hammasi to‘g‘ri ishlashini siz bilan birga tekshiradi. Sizdan kod talab qilinmaydi.

1. Raqamni ulaymiz

Hozirgi yoki yangi raqamingiz Sado’ga ulanadi.

2. Operatorni sozlaymiz

Skript, savollar, narxlar va ish vaqti — siz bilan birga.

3. amoCRM’ni ulab, tekshiramiz

Jamoamiz amoCRM’ni ulaydi va natijalar kerakli joyga tushishini siz bilan birga tekshiradi.

Raqamingiz o‘zgarmaydi

Sado hozirgi shahar yoki mobil raqamingizda operatoringizning SIP / IP telefoniyasi orqali ishlaydi — masalan, Sarkor yoki UTeL. Xohlasangiz, yangi raqam ulaymiz. Mijozlar o‘sha raqamga qo‘ng‘iroq qilaveradi.

Bitrix24 va boshqa tizimlar

Bitrix24 bilan tayyor ulanish bor: yozuv va matnli qo‘ng‘iroq kartasi, lid yoki bitim. Google Sheets, 1C, BILLZ va MoySklad’ni ham jamoamiz siz bilan birga ulaydi. Boshqa tizimlar uchun webhook va REST API bor.

Instagram’dagi arizaga qo‘ng‘iroq

Sado: Assalomu alaykum! Bahor turar joy majmuasidan qo‘ng‘iroq qilyapman. Instagram’da kvartira haqida so‘ragan edingiz.

Mijoz: Ha. Ikki xonalisi bormi?

Sado: Bor. Ko‘rish uchun ofisimizga kela olasizmi? Shanba yoki yakshanba qulaymi?

Mijoz: Yakshanba, tushdan keyin.

Sado: Xo‘p, yakshanba soat uchga yozib qo‘ydim. Bir kun oldin eslatib qo‘yamiz.

Mijoz: Rahmat.

Sado: Sizga ham rahmat. Yakshanba ko‘rishguncha!

Narxi

Daqiqabay: faqat gaplashilgan daqiqa uchun, daqiqasi 800 so‘m, oldindan to‘lovsiz. Ko‘p gaplashsangiz — oylik paketlarda 600 so‘mgacha arzon. Raqamingiz o‘zgarmaydi.

Narxlarni batafsil ko‘rish

Ko‘p beriladigan savollar

amoCRM bilan AI operator qanday ishlaydi?

Operator mijoz bilan telefonda gaplashadi, natijani esa amoCRM’ga yozadi: suhbat matni, mijoz javoblari va band qilingan vaqt.

amoCRM’ni kim ulaydi?

Sado jamoasi, siz bilan birga. Ulaymiz va hammasi to‘g‘ri ishlashini birga tekshiramiz. Sizdan kod talab qilinmaydi.

Yangi lidlarga qo‘ng‘iroq qila oladimi?

Ha. Saytdan, Instagram’dan yoki formadan kelgan arizaga operator darhol qo‘ng‘iroq qila oladi. Faqat sizga ariza qoldirgan, rozilik bergan yoki mijozingiz bo‘lgan odamlarga.

Qo‘ng‘iroq yozuvini qayerda tinglayman?

Sado portalida: har bir qo‘ng‘iroqning yozuvi, to‘liq matni, javoblari va xarajati turadi.

Raqamimni almashtirishim kerakmi?

Yo‘q. Sado hozirgi raqamingizga SIP orqali ulanadi, masalan Sarkor yoki UTeL orqali. Mijozlar o‘sha raqamga qo‘ng‘iroq qilaveradi.

Narxi qancha?

Faqat gaplashilgan daqiqa uchun: daqiqasi 800 so‘m. Oylik to‘lov ham, ulash uchun to‘lov ham yo‘q.

Sado’ni o‘z qo‘ng‘iroqlaringizda sinab ko‘ring.

Saytda jonli gaplashing yoki 78 778 01 23 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling — mijozlaringiz eshitadigan operator aynan shunday.

78 778 01 23Telegram