Integratorlar uchun hamkorlik dasturi

Mijozlaringiz qo‘ng‘iroqlarni o‘tkazib yubormasin: Sado o‘zbek va rus tilida javob beradi, lidni saralaydi va natijani CRM’ga yozadi. Siz ulaysiz — biz ishlatamiz.

Har oy ulush

Siz olib kelgan mijozlarning har oylik foydalanish to‘lovidan ulush (odatda 15%) — mijoz ishlayotgan ekan, har oy.

O‘rnatish sizda

CRM, 1C va telefoniyani siz ulaysiz; o‘rnatish to‘lovini mijoz bilan o‘zingiz kelishasiz. Biz agent, ovoz va API’ni beramiz.

Bitta kirish — barcha mijozlar

Portalda har bir mijozingiz kompaniyasi alohida; siz ular orasida bir tugma bilan o‘tasiz, hamma narsa auditda.

Ochiq API va hujjatlar

REST API, imzolangan webhook, voqealar lentasi, katalog va 1C kengaytmasi manbasi — o‘zbek va rus tilida.

Texnik tafsilotlar: dasturchilar uchun hujjatlar.

Ariza qoldiring

Qaysi tizimlarni ulaysiz?