Maxfiylik haqida
Sado AI sayti va saytdagi arizalar FERATECH MChJ tomonidan yuritiladi.
Sayt arizasi
Formada ism, kompaniya, telefon, ixtiyoriy aloqa ma’lumotlari va biznesingiz haqidagi izohni olamiz. Bu ma’lumotlardan arizangizga javob berish va siz bilan bog‘lanish uchun foydalanamiz. Reklama havolasidan kelgan bo‘lsangiz, havoladagi kampaniya belgilarini ham ariza bilan saqlaymiz.
So‘rov ma’lumotlari Sado AI tizimida saqlanadi va ularga tegishli jamoa a’zolari kiradi. Ism, telefon, Telegram va forma izohini Meta Pixel hodisalariga qo‘shmaymiz.
Reklama o‘lchovi
Ruxsat bersangiz, Meta Pixel saytdagi sahifa tashrifi va muvaffaqiyatli yuborilgan ariza hodisasini Meta’ga yuboradi. Meta brauzer ma’lumotlari va cookie orqali reklama natijasini o‘lchashi mumkin. Ruxsat bermasangiz, Pixel yuklanmaydi; ariza yuborish ishlayveradi.
Tanlovingizni shu yerda o‘zgartirishingiz mumkin. Avval yuborilgan ma’lumotlar va brauzeringizdagi mavjud cookie fayllari uchun Meta’ning sozlamalari hamda brauzer sozlamalaridan foydalaning.
Bog‘lanish
Ma’lumotlaringiz haqida savol, tuzatish yoki o‘chirish so‘rovi bo‘lsa, FERATECH Telegram aloqasiga yozing.
Yangilangan: 27 sentabr 2026
