Sado AI haqida

Sado AI nima: O‘zbekistondagi bizneslar uchun AI ovozli operator

Sado AI — O‘zbekistondagi bizneslar uchun sun’iy intellekt asosidagi ovozli operator, uni Toshkentdagi FERATECH MChJ ishlab chiqqan. Sado kompaniya nomidan o‘zbek va rus tilida kecha-kunduz qo‘ng‘iroqlarga javob beradi va mijozlarga o‘zi qo‘ng‘iroq qiladi. Har bir suhbatning natijasi Sado portaliga va CRM’ga tushadi.

Sado AI kimlar uchun

Qo‘ng‘iroq ko‘p keladigan yoki mijozlarga ko‘p qo‘ng‘iroq qilishi kerak bo‘lgan bizneslar uchun: klinikalar, ko‘chmas mulk, avtosalonlar, o‘quv markazlari, onlayn do‘konlar, go‘zallik salonlari va yetkazib berish. Har bir soha uchun saytda alohida sahifa bor.

Sado AI nima qiladi

Kiruvchi qo‘ng‘iroqlar

Har bir qo‘ng‘iroqqa taxminan bir soniyada, navbatsiz javob beradi, bir vaqtda o‘ntadan ortiq suhbat. Sizning ma’lumotlaringizdan javob beradi, qabulga yozadi, buyurtma va ariza oladi.

Chiquvchi qo‘ng‘iroqlar

Sayt, Instagram yoki formadan kelgan yangi arizaga darhol qo‘ng‘iroq qiladi, Excel ro‘yxati bo‘yicha qo‘ng‘iroq qiladi, qabulni eslatadi va buyurtmani tasdiqlaydi. Yozib qo‘yilgan xabar emas, jonli suhbat.

Natijalar portalda

Har bir qo‘ng‘iroqning yozuvi, to‘liq matni, yig‘ilgan javoblar, band qilishlar va xarajati Sado portalida ko‘rinadi.

CRM va boshqa tizimlar

Bitrix24 bilan tayyor ulanish bor. amoCRM, Google Sheets, 1C, BILLZ, MoySklad va boshqa tizimlarni jamoamiz siz bilan birga ulaydi, qolganlari uchun webhook va REST API.

O‘z raqamingizda

Hozirgi shahar yoki mobil raqamingizga aloqa operatoringizning SIP-telefoniyasi orqali ulanadi, masalan Sarkor yoki UTeL. Mijozlar o‘sha raqamga qo‘ng‘iroq qilaveradi.

Sado AI’ni qanday sinab ko‘rish mumkin

Bosh sahifada operator bilan brauzerda jonli gaplashing yoki 78 778 01 23 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Bu Sado’ning o‘z raqami: unga kecha-kunduz Sado’ning AI operatori o‘zbek va rus tilida javob beradi. Mijozlaringiz ham operatorni aynan shunday eshitadi.

Sozlashni jamoamiz qiladi

Sizdan dasturchi ham, kod ham kerak emas. Hammasi uch qadamda bo‘ladi.

1. Raqamni ulaymiz

Hozirgi raqamingiz SIP orqali yoki yangi raqam.

2. Operatorni siz bilan sozlaymiz

Kompaniya nomi, operator ismi, skript, savollar, narxlar va ish vaqti.

3. Natijani ko‘rasiz

Har bir qo‘ng‘iroq portalda va CRM’da.

Hamkorlar, dasturchilar va aloqa

Hamkorlar

Integratorlar uchun hamkorlik dasturi bor — «Hamkorlar» sahifasida.

Dasturchilar uchun

REST API va webhook — «Dasturchilar uchun» sahifasida.

Telefon: 78 778 01 23

Sado’ning o‘z raqami, kecha-kunduz AI operator javob beradi.

Telegram va Instagram: @sadoai_uz

Yangiliklar va savollar uchun.

Narxi

Daqiqabay: faqat gaplashilgan daqiqa uchun, daqiqasi 800 so‘m, oldindan to‘lovsiz. Ko‘p gaplashsangiz — oylik paketlarda 600 so‘mgacha arzon. Raqamingiz o‘zgarmaydi.

Narxlarni batafsil ko‘rish

Ko‘p beriladigan savollar

Sado AI nima?

Sado AI — bizneslar uchun AI ovozli operator. U kompaniya nomidan o‘zbek va rus tilida kecha-kunduz qo‘ng‘iroqlarga javob beradi va o‘zi qo‘ng‘iroq qiladi. Har bir suhbatning natijasi Sado portaliga va CRM’ga tushadi.

Sado AI’ni kim yaratgan?

Sado AI’ni Toshkentdagi FERATECH MChJ ishlab chiqqan. Yangiliklarimiz Telegram va Instagram’da: @sadoai_uz.

Qaysi tillarda gaplashadi?

O‘zbek va rus tilida. Mijoz qaysi tilda gapirsa, operator o‘sha tilda javob beradi.

Qanday sinab ko‘rsam bo‘ladi?

Bosh sahifada operator bilan brauzerda jonli gaplashing yoki 78 778 01 23 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. U yerda Sado’ning o‘z AI operatori javob beradi.

Qaysi bizneslar uchun?

Qo‘ng‘iroq ko‘p bo‘ladigan bizneslar uchun: klinikalar, ko‘chmas mulk, avtosalonlar, o‘quv markazlari, onlayn do‘konlar, go‘zallik salonlari va yetkazib berish.

Narxi qancha?

Faqat gaplashilgan daqiqa uchun: daqiqasi 800 so‘m, suhbat qisqami, uzunmi — farqi yo‘q. Oylik to‘lov ham, o‘rnatish uchun to‘lov ham yo‘q.

Raqamimni o‘zgartirishim kerakmi?

Yo‘q. Sado hozirgi raqamingizga SIP orqali ulanadi, mijozlar o‘sha raqamga qo‘ng‘iroq qilaveradi. Xohlasangiz, yangi raqam ham ulaymiz.

Sado’ni o‘z qo‘ng‘iroqlaringizda sinab ko‘ring.

Saytda jonli gaplashing yoki 78 778 01 23 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling — mijozlaringiz eshitadigan operator aynan shunday.

78 778 01 23Telegram