Chiquvchi qo‘ng‘iroqlar
Avto qo‘ng‘iroq xizmati: mijozlaringizga AI operator o‘zi qo‘ng‘iroq qiladi
Sado — avto qo‘ng‘iroq xizmati, lekin yozib olingan xabarni eshittirmaydi. AI operator mijozlarga o‘zi qo‘ng‘iroq qiladi va ular bilan haqiqiy suhbat quradi: savollarga javob beradi, qabulga yozib qo‘yadi va natijani CRM’ga kiritadi. O‘zbek va rus tilida — mijoz qaysi tilda gapirsa, o‘sha tilda.
Avtoinformator emas — jonli suhbat
Avtoinformator tayyor yozuvni eshittiradi: mijoz tinglaydi, nari borsa tugma bosadi. Sado operatori esa mijozni tinglaydi va unga javob beradi. Kompaniyangiz nomidan, siz belgilagan so‘zlar bilan gaplashadi.
Savolga javob beradi
Narx, manzil, ish vaqti, yetkazib berish shartlari — sizning ma’lumotlaringizdan. Bilmasa, menejer qayta qo‘ng‘iroq qilishini aytadi va vazifa ochadi.
Kerakli savollarni beradi
Siz belgilagan savollar bilan mijozni saralaydi: nima kerak, qachon, qaysi filialga.
Band qiladi
Qabul, uchrashuv, ko‘rish, test-drayv yoki sinov darsiga vaqt belgilaydi.
Natijani yozadi
Javoblar, band qilingan vaqt va suhbat matni portalga va CRM’ga tushadi.
Mijozlarga avtomatik qo‘ng‘iroq: qachon kerak bo‘ladi
Sayt va Instagram’dan kelgan ariza
Ariza tushishi bilan darhol qo‘ng‘iroq qiladi — mijoz sizni hali eslab turganda.
Qabuldan bir kun oldin eslatma
Mijozga qabul vaqtini eslatadi va kelish-kelmasligini so‘rab oladi.
Buyurtmani tasdiqlash
Buyurtma, manzil va yetkazib berish vaqtini mijoz bilan tasdiqlab oladi.
To‘lov haqida muloyim eslatma
To‘lov muddatini xushmuomalalik bilan eslatadi va mijoz qachon to‘lashini yozib oladi.
Kelishilgan vaqtda qayta qo‘ng‘iroq
Mijoz “keyinroq qo‘ng‘iroq qiling” desa, aytgan vaqtida qayta qo‘ng‘iroq qiladi.
Ro‘yxat bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar
Excel’da yuklangan yoki API orqali yuborilgan ro‘yxatdagi mijozlarga navbat bilan qo‘ng‘iroq qiladi.
Faqat qo‘ng‘iroq qilish mumkin bo‘lgan odamlarga
Ro‘yxatni Excel’da yuklaysiz yoki tizimingiz API orqali yuboradi. Unda faqat sizga ariza qoldirgan, rozilik bergan yoki allaqachon mijozingiz bo‘lgan odamlar bo‘ladi. Kimdir “menga boshqa qo‘ng‘iroq qilmang” desa, bu raqamga boshqa qo‘ng‘iroq qilinmaydi.
Hammasi sizning nazoratingizda
Soatlar va limitlar
Operator qaysi soatlarda va qancha qo‘ng‘iroq qilishini o‘zingiz belgilaysiz.
To‘xtatish tugmasi
Bitta tugma bilan barcha qo‘ng‘iroqlarni to‘xtatasiz.
Kompaniyangiz nomidan
Kompaniya nomi, operator ismi, ohang va gaplar — hammasi sizniki.
Yozuv haqida ogohlantirish
Xohlasangiz, operator suhbat boshida qo‘ng‘iroq yozib olinayotganini aytadi.
Natija portalda va CRM’da
Har bir qo‘ng‘iroqning yozuvi, to‘liq matni, mijoz javoblari, band qilishlar va xarajati Sado portalida turadi. Bitrix24 bilan tayyor ulanish bor: yozuv va matnli qo‘ng‘iroq kartasi, yangi lid yoki bitim. amoCRM, Google Sheets, 1C va boshqa tizimlarni jamoamiz siz bilan birga ulaydi, qolganlari uchun webhook va REST API bor.
Saytdagi arizaga darhol qo‘ng‘iroq
Sado: Assalomu alaykum! Oydin o‘quv markazidan qo‘ng‘iroq qilyapman. Hozirgina saytimizda ingliz tili kursiga ariza qoldirdingiz, to‘g‘rimi?
Mijoz: Ha, hozirgina qoldirdim. Darslar qachon bo‘ladi?
Sado: Kechki guruh bor: dushanba, chorshanba, juma, soat oltida. Avval bepul sinov darsiga kelib ko‘rasizmi?
Mijoz: Bo‘ladi, chorshanba kuni kela olaman.
Sado: Xo‘p, chorshanba soat oltiga yozib qo‘ydim. Bir kun oldin eslatib qo‘yamiz.
Mijoz: Rahmat, kelishdik.
Sado: Sizga ham rahmat. Darsda ko‘rishguncha!
Narxi
Daqiqabay: faqat gaplashilgan daqiqa uchun, daqiqasi 800 so‘m, oldindan to‘lovsiz. Ko‘p gaplashsangiz — oylik paketlarda 600 so‘mgacha arzon. Raqamingiz o‘zgarmaydi.
Narxlarni batafsil ko‘rishKo‘p beriladigan savollar
Avto qo‘ng‘iroq xizmati avtoinformatordan nimasi bilan farq qiladi?
Avtoinformator tayyor yozuvni eshittiradi. Sado operatori mijoz bilan ikki tomonlama gaplashadi: savolga javob beradi, kerakli ma’lumotni so‘raydi, band qiladi va natijani CRM’ga yozadi.
Mijozlarga avtomatik qo‘ng‘iroq uchun ro‘yxatni qanday beraman?
Excel faylni yuklaysiz yoki tizimingiz API orqali yuboradi. Ro‘yxatda faqat sizga ariza qoldirgan, rozilik bergan yoki mijozingiz bo‘lgan odamlar bo‘lishi kerak.
Saytdagi arizaga qancha tez qo‘ng‘iroq qiladi?
Ariza tushishi bilan darhol. Qaysi soatlarda qo‘ng‘iroq qilish mumkinligini o‘zingiz belgilaysiz.
Mijoz “qo‘ng‘iroq qilmang” desa-chi?
Bu raqamga boshqa qo‘ng‘iroq qilinmaydi.
Qo‘ng‘iroqlarni to‘xtatib qo‘ysam bo‘ladimi?
Ha. Soatlar va limitlarni o‘zingiz belgilaysiz, kerak bo‘lsa bitta tugma bilan hammasini to‘xtatasiz.
Hozirgi raqamimda ishlaydimi?
Ha. Sado shahar yoki mobil raqamingizga operatoringizning SIP telefoniyasi orqali ulanadi, masalan Sarkor yoki UTeL. Xohlasangiz, yangi raqam ham ulaymiz.
Narxi qancha?
Faqat gaplashilgan daqiqa uchun to‘laysiz: daqiqasi 800 so‘m. Oylik to‘lov yo‘q.
Sado’ni o‘z qo‘ng‘iroqlaringizda sinab ko‘ring.
Saytda jonli gaplashing yoki 78 778 01 23 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling — mijozlaringiz eshitadigan operator aynan shunday.
