Ovozli AI texnologiyasi

Ovozli bot va chatbot: ichki tuzilishi, farqlari va biznesingizga qaysi biri kerak

Sado AI jamoasi · · 3 daqiqada o‘qiladi

Qisqacha

Chatbot matn oladi va matn qaytaradi: mijoz shoshilmasdan yozadi, javobni qayta o‘qiydi, tugma bosadi. Ovozli bot zanjir bilan ishlaydi: nutqni matnga aylantiradi, ma’nosini tushunadi, kompaniya ma’lumotidan javob tuzadi, uni ovozga aylantiradi va telefon liniyasi orqali aytadi — taxminan bir soniyada. Shuning uchun ovozli botga qo‘shimcha talablar bor: shovqin, raqamlarni eshitish, gapni bo‘lish, qisqa javob. Bilim va qoidalar ikkalasida bir xil bo‘lishi mumkin; farqi — mijoz yozadimi yoki qo‘ng‘iroq qiladimi.

Chatbot qanday ishlaydi

Chatbot Telegram, Instagram yoki saytdagi chatda yashaydi. Mijoz matn yozadi yoki tugma bosadi, bot ma’nosini tushunadi va matn bilan javob beradi. Mijozning vaqti bor: javobni qayta o‘qiydi, yigirmata mahsulot ro‘yxatini aylantiradi, rasm va havolani ochadi. Bot uch-to‘rt soniya o‘ylasa ham hech kim sezmaydi, ism va raqamni esa mijoz o‘zi yozib beradi.

Ovozli bot ichida nima bor

  1. Telefon liniyasi: qo‘ng‘iroq kompaniyaning odatdagi raqamiga keladi va SIP orqali botga ulanadi.
  2. Nutqni tanish: mijozning gapi matnga aylanadi — shovqin, sheva va aralash til bilan birga.
  3. Ma’noni tushunish: nima so‘ralgani aniqlanadi — narxmi, yozilishmi, shikoyatmi.
  4. Javob tuzish: kompaniya faktlari va qoidalaridan, kerak bo‘lsa, aniqlovchi savol bilan.
  5. Ovoz: javob tabiiy ovozga aylanadi va mijozga aytiladi.
  6. Natija: yozuv, matn va mijoz javoblari portal va CRM’ga tushadi.

Har bir bosqich vaqt oladi, telefonda esa mijoz jimlikni kutib o‘tirmaydi. Shuning uchun ovozli botda tezlik chatbotdagidan ancha muhim.

Asosiy farqlar

ChatbotOvozli bot
KirishMatn, tugma, rasmOvoz, ko‘pincha shovqin bilan
Javob tezligiBir necha soniya ham bo‘ladiTaxminan bir soniya, aks holda jimlik noqulay
Ro‘yxatlarYigirmata mahsulot ham bo‘ladiIkki-uchtadan ko‘pi eslab qolinmaydi
Raqam va ismMijoz o‘zi yozadiEshitib yoziladi, qaytarib tasdiqlash kerak
Gapni bo‘lishYo‘qBor: bot to‘xtab tinglashi kerak
Kim foydalanadiYozishni yoqtiradiganlarQo‘ng‘iroqni afzal ko‘radiganlar, rulda ketayotganlar
NatijaYozishmaYozuv, matn va qisqa xulosa

Sado: Assalomu alaykum, Mazali pitsa, Shohruh, eshitaman.

Mijoz: Qanaqa pitsalaringiz bor?

Sado: Ko‘p olinadigani ikkita: Margarita va go‘shtli. Shulardan birimi yoki boshqalarini ham aytaymi?

Mijoz: Go‘shtlisi, kattasidan.

Sado: Xo‘p, katta go‘shtli. Qaysi manzilga olib boraylik?

Chatbot menyuni rasm bilan yuborardi. Telefonda esa ikki variant va bitta savol yaxshiroq ishlaydi. Pitseriya — faqat misol.

Qaysi biri sizga kerak

  • Mijozlaringiz ko‘proq qo‘ng‘iroq qilsa — ovozli bot; deyarli hamma yozsa — chatbot yetadi.
  • Katalog, rasm, buyurtma holatini ko‘rsatish — chatbotda qulay.
  • Tez savol-javob, qabulga yozilish, «hozir gaplashay» — telefonda.
  • Saytdan yoki Instagram’dan kelgan arizaga darhol qo‘ng‘iroq qilish — ovozli operatorning ishi.
  • Ko‘p bizneslarga ikkalasi kerak: faktlar ro‘yxati bitta, kanal ikkita.
  • Mijozlar sizga qanday yetib kelishini bilmasangiz, bir hafta sanang: nechta qo‘ng‘iroq va nechta xabar keldi.

Sado — telefon uchun ovozli operator

Sado chatbot emas: u telefon qo‘ng‘iroqlarida ishlaydi va yuqoridagi zanjirning hammasi bitta xizmatda. Hozirgi raqamingizga SIP orqali ulanadi (masalan, Sarkor yoki UTeL), taxminan bir soniyada javob beradi, gapini bo‘lsangiz to‘xtab tinglaydi, raqamni oxirigacha kutadi va kompaniya faktlaridan javob beradi. O‘zbek va rus tilida, mijozning tilida gaplashadi. Natija portalga, Bitrix24 ulangan bo‘lsa — CRM’ga ham tushadi.

Batafsil: o‘zbek tilida gaplashadigan AI operator, kiruvchi qo‘ng‘iroqlar uchun AI operator, AI ovozli operator nima. Raqamlarni eshitish haqida: telefonda raqam va sanani tushunish. Jonli sinab ko‘ring yoki 78 778 01 23 ga qo‘ng‘iroq qiling.

Savollar

Chatbot uchun yozilgan ma’lumotni ovozli botga bersa bo‘ladimi?

Faktlarni — narx, manzil, ish vaqti — ha. Lekin javoblarni telefon uchun qisqartiring: uzun ro‘yxat va havolalar ovozda ishlamaydi.

Telegram bot telefon qo‘ng‘iroqqa javob bera oladimi?

Yo‘q, u yozishmalar uchun. Odatdagi telefon raqamingizga keladigan qo‘ng‘iroqqa javob berish uchun telefon liniyasiga ulangan ovozli operator kerak.

Ovozli operator qancha turadi?

Sado’da faqat gaplashilgan daqiqa uchun to‘lanadi: daqiqasi 800 so‘m, oylik to‘lov va o‘rnatish uchun to‘lov yo‘q.

Sado’ni o‘z qo‘ng‘iroqlaringizda sinab ko‘ring.

Saytda jonli gaplashing yoki 78 778 01 23 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling — mijozlaringiz eshitadigan operator aynan shunday.

78 778 01 23Telegram